Devonxona qogʻoz jurnallarsiz

Kiruvchi, chiquvchi va ichki hujjatlar bitta kartochkada roʻyxatga olinadi. Niqobingiz boʻyicha raqam, muddat va ijrochi darhol belgilanadi.

Har bir tur uchun niqob boʻyicha raqam

Hujjat turini tanlang: Flow kartochkani toʻldiradi, niqob boʻyicha raqam beradi va roʻyxatga olish jurnaliga yozuv qoʻshadi.

Hujjatni roʻyxatga olish
Kiruvchi xat Roʻyxatga olindi

412-son qaror ijrosi boʻyicha maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida

Roʻyxatga olish raqami 26/00043 Niqob YY/NNNNN
Roʻyxatga olingan sana
06.11.2026
Korrespondent
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Ijro muddati
20.11.2026
Ijrochi
Yusupova S.
Tuzilma
Yuridik boʻlim

Roʻyxatga olish jurnali

  1. 26/00043412-son qaror ijrosi boʻyicha maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida06.11.2026
  2. 26/00042Kadrlar zaxirasi haqida maʼlumot soʻrovi05.11.2026
  3. 34-26/82Filiallarda inventarizatsiya oʻtkazish toʻgʻrisida05.11.2026
  4. 27-02-14/447Rekvizitlar oʻzgargani haqida bildirishnoma04.11.2026

Raqam roʻyxatga olishda hujjat turi niqobi boʻyicha beriladi va tahrirga yopiladi.

Kiruvchi xat qanday roʻyxatga olinadi

Konvertdan ijrochigacha bitta kartochkada. Tugmalar va holatlar Flow interfeysidagi kabi.

  1. Kartochka yaratadi

    Korrespondent, kiruvchi raqam va sana, ijrochi, muddat va xat fayli bitta shaklda.

    Devonxona Holat: Yaratildi

    Flowda hujjat yaratish: hujjat turi, mavzu, raqamlar, sanalar va korrespondent
  2. Shtamp qoʻyadi

    «Shtamplash» tugmasi shtampni PDF ga qoʻyadi. Roʻyxatga olish raqami avtomatik beriladi va tahrirga yopiladi.

    Devonxona Holat: Roʻyxatga olindi

    Flowdagi shtamp muharriri: shtamp shabloni, ustida kiruvchi raqam va hujjat sanasi maydonlari
  3. Rahbarlarga yoʻnaltiradi

    «Tuzilma» maydonida hujjat kerak boʻlgan boʻlinmalarni koʻrsatadi.

    Devonxona Holat: Yoʻnaltirildi

    Flowdagi chiquvchi xat kartochkasi: rekvizitlar, hujjat fayli va adresatda roʻyxatga olingani haqida belgi
  4. Rezolyutsiya yozadi

    Ijrochi va muddatni koʻrsatadi va rezolyutsiyani E-IMZO bilan imzolaydi.

    Rahbar

    Flowdagi buyruq kartochkasi: ikki imzolash guruhi parallel, ariza bilan bogʻlanish va bosqichlar boʻyicha ijro jurnali
  5. Ijro etadi

    Ijroni belgilaydi. Devonxona natijani hisobot soʻramasdan reyestrda koʻradi.

    Ijrochi Holat: Ijro etildi

    «Mening hujjatlarim» boʻlimi: muddatli hujjatlar va «Jarayonda», «Kechikkan», «Bajarilgan» hisoblagichlari

Ichida nima bor

  • Kiruvchi, chiquvchi, ichki

    Xatlar, buyruqlar, farmoyishlar, xizmat xatlari va bayonnomalar bitta tizimda roʻyxatga olinadi.

  • Niqobingiz boʻyicha raqam

    Raqam formatini sizga moslab sozlaymiz, masalan kiruvchilar uchun «26/00042» yoki buyruqlar uchun «34-26/82». Raqamlash uzluksiz.

  • Bir tugma bilan shtamp

    «Shtamplash» raqam va sanali shtampni xatning PDF fayliga qoʻyadi.

  • Blanka va shtamplar

    Shablonni PNG yoki PDF formatida yuklang va hujjat maydonlarini uning ustiga joylashtiring. Chiquvchilar darhol blankada yoziladi.

  • Devonxona navbati

    «Roʻyxatga olish uchun», «Roʻyxatga olingan» va «Yoʻnaltirilgan» yorliqlari ish kutayotgan hujjatlarni koʻrsatadi.

  • Filiallar xatlari

    Filiallar xatlarni shu tizimda roʻyxatga oladi, har biri oʻz hujjatlari bilan ishlaydi.

  • Korxonalar bilan almashinuv

    Bosh tashkilot guruh korxonalariga hujjat va topshiriqlar yuboradi va javoblarni shu tizimda oladi.

  • Kadrlar hujjatlari

    Xodim taʼtil uchun ariza beradi, imzolangandan keyin buyruq oʻzi shakllanadi va ariza bilan bogʻlanadi.

  • Rollar va atributlar boʻyicha huquqlar

    Kirish rollar, hujjat turlari, holatlar va boʻlinmalar boʻyicha beriladi.

Har bir ishtirokchi nima oladi

  • Devonxona

    Xatni bitta kartochkada roʻyxatga oladi va roʻyxatga olish hamda yuborish navbatini koʻradi.

  • Rahbar

    Hujjatni raqami va fayli bilan oladi va darhol rezolyutsiya yozadi.

  • Kadrlar xizmati

    Taʼtil buyrugʻini qoʻlda yozmaydi: ariza imzolangach, u tayyor holda keladi.

  • Filiallar

    Oʻz xatlarini roʻyxatga oladi va faqat oʻz hujjatlarini koʻradi.

Savollar

Raqamlashimizni saqlab qolsa boʻladimi?

Ha. Roʻyxatga olish raqami niqobini tashkilotingizga moslab sozlaymiz, raqamlash uzluksiz.

Kiruvchi raqamini qoʻlda tuzatsa boʻladimi?

Yoʻq. Raqam roʻyxatga olishda beriladi va tahrirga yopiladi, shuning uchun jurnalda takror va tushib qolgan raqamlar boʻlmaydi.

Blanka va shtamplarimizdan foydalansa boʻladimi?

Ha. Blanka yoki shtampni PNG yoki PDF formatida yuklang, Flow hujjat rekvizitlarini kerakli maydonlarga qoʻyadi.

Flowda kadrlar hujjatlari bormi?

Ha. Xodim taʼtil uchun ariza beradi va imzolangandan keyin buyruq avtomatik shakllanadi. Arizani telefondan ham berish mumkin.

Filiallar qanday ishlaydi?

Har bir filial oʻz xatlarini shu tizimda roʻyxatga oladi. Huquqlar filial oʻz hujjatlarini koʻradigan qilib sozlanadi.

Korxonalarimiz bilan hujjat almashsa boʻladimi?

Ha. Bosh tashkilot korxonalariga hujjat va topshiriqlar yuboradi va javoblarni shu tizimda oladi.

Interfeys qaysi tillarda?

Rus, oʻzbek (lotin va kirill), qoraqalpoq va ingliz tillarida.

UzCloud Flowni hujjatlaringizda koʻrsatamiz

45 daqiqa onlayn yoki ofisingizda. Hech qanday majburiyatsiz.

Siz bilan bogʻlanib, vaqtni kelishib olamiz. Yoki bizga yozing: info@uzcloud.uz

UzCloud Flowni jarayonlaringizda koʻrsatamiz

Hujjat turlaringiz va yoʻnalishlaringizni tahlil qilamiz, IT va xavfsizlik xizmati savollariga javob beramiz, foydalanuvchilar soniga qarab narxni hisoblaymiz.

Siz bilan bogʻlanib, vaqtni kelishib olamiz. Yoki bizga yozing: info@uzcloud.uz

Toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish +998 77 718 76 70 Telegram